Kompaniya haqida

Fabienne Inter Group kompaniyalar guruhi

Fabienne Inter Group kompaniyalar guruhi 2009 yilda tashkil topgan bo'lib, 2012 yilda O'zbekiston-Rossiya qo'shma korxonasi sifatida qayta tashkil etildi. Shundan buyon, ikki tomon mutaxasislarining sa`y-harakatlari samarasi o'laroq Fabienne Inter Group doimiy rivojlanib kelayotgan kuchli ishlab chiqarish guruhi bo'lib kelmoqda.

Hozirda kompaniyada 120 dan ortiq ishchi o'rinlari tashkil etilgan bo'lib, ular orasida marketing bo'limi mutaxasislari alohida ahamiyatga ega. Buyerda yuqori malakali ish yurituvchilar doimiy ravishda o'z malakalarini oshirgan holda ishlab chiqarish va marketing tahlil jarayonlari bilan shug'ullanishadi. Bu esa o'z navbatida kompaniyada zamon talablariga mos keladigan sifatli mahsulot ishlab chiqarishga asos bo'lmoqda.

Bugungi kunga kelib Fabienne Inter Group Osiyo kosmetika bozorida yetakchi o'ringa ega bo'lib Fabienne savdo belgisi atir sovunlari bozorida katta hissaga ega. Mustaqil ekspertlarning baholashlaricha kompaniya atir sovun segmentida barcha sifat ko'rsatkichlari bo'yicha yetakchilik qilmoqda. Kompaniya O'zbekiston bozorining ushbu segmentida 85% hissaga ega. Fabienne savdo belgisining barcha mahsulotlari yevropa texnologiyalari bo'yicha, soatiga ikki tonna ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lgan Italiyaning Mazzoni kompaniyasi uskunalarida ishlab chiqariladi. Chet elda bilim va malakalarini oshirgan mutaxasislar ishlab chiqarish jarayonining har bir bosqichini nazorat qilishadi. Shaxsiy laboratoriyaning mavjudligi esa sifatning muvofiqligini kuzatib borish imkonini beradi.

Mahsulot ishlab chiqarishning asosiy faktori chet eldan olib kelinadigan sifatli xom ashyo hisoblanadi. Biz asosan, Unilever, Procter&Gamble, Johnson&Johnson kabi taniqli kompaniyalar xarid qiladigan, Malayziyada ishlab chiqarilgan xom ashyodan foydalanamiz. Bu bizga yeropa namunalaridan qolishmaydiga sifatga ega mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi.

Fabienne mahsulotlari ekologik toz mahsulot hisoblanadi. Atir sovunlari esa tabiiy o'simlik yog'laridan tayyorlangan bo'lib, qo'l terisini silliq va ipakday yumshoq qiladi. Bularning barchasi xalqaro standartlarning talablariga to'liq javob berishiga asos bo'ladi. Yangi mahsulot tayyorlash jarayonida mutaxasislarimiz dunyodagi rivojlangan atir sovun ishlab chiqaruvchilarni sifat darajasiga erishishga intilishadi. Shuning uchunham Fabienne sovunlari oson ko'piklanadi, nam joylarda qavatlarga ajralmaydi, o'z shaklini yo'qotmaydi, quriganda yoriqlar paydo qilmaydi hamda yoqimli hid va shaklga ega.

Yutuqlarimiz

Biz - yuqori sifat va qulay narxlar uyg`unligini yutug`imiz garovi deb hisoblaymiz. Shuning uchun narx va sifat mutanosibligini ushlab turish kompaniyamizning eng muhim vazifasi hisoblanadi. Fabienne Inter Group tomonidan ishlab chiqarilgan barcha mahsulotlar sertifikatlangan va O`zbekiston Respublikasi Davlat Standartlari talabiga to`liq javob beradi. Bundan tashqari kompaniyamiz Parijdagi Xalqaro Sifat Qo`mitasi (World Quality Commitment) tomonidan yuqori sifat uchun beriladigan "International Gold Star" - "Xalqaro Oltin Yulduz" sovrini bilan mukofotlangan.

Kompaniyamiz ASTRAIA MANAGEMENT sertifikatlash tashkiloti tomonidan berilgan ISO 9001:2008 sifat boshqaruvi tizimining muvofiqlik sertifikati ega.